Winncom Technologies

Winncom Technologies — xalqaro tizim integratori.

Kompleks IT-yechimlarning yetakchi yetkazib beruvchisi va integratori. Korporativ mijozlar, kichik va o‘rta biznes uchun IT-infratuzilmani transformatsiya qiladi, operatsion samaradorlikni oshiradi va texnologiyalarni strategik maqsadlarga moslashtiradi.

 

1996-yilda AQShda tashkil etilganidan buyon kompaniya faol rivojlanib, geografik qamrovini kengaytirib kelmoqda va bugungi kunda 80+ mamlakatda faoliyat yuritadi. 200+ mutaxassisdan iborat xalqaro jamoa.

Uchta asosiy tamoyil:

  • Muhandislik ekspertizasi – chuqur texnik bilim va amaliy tajriba har qanday murakkablikdagi yechimlarni ishlab chiqish va joriy etishga imkon beradi. Markaziy Osiyodagi eng kuchli muhandislik jamoalaridan biri. Mutaxassislarning rivojlanishiga doimiy investitsiyalar yuqori darajadagi kompetensiyani va xalqaro standartlarga moslikni ta’minlaydi.
  • Individual yondashuv – texnologiyalar aniq biznes maqsadlariga moslashtiriladi, har bir loyihada maksimal samaradorlik ta’minlanadi. Talablarni batafsil tahlil qilish, arxitekturani loyihalash va yechimlarni integratsiya qilish orqali masshtablanuvchi va o‘zgaruvchan sharoitlarga moslasha oladigan IT-infratuzilma yaratiladi.
  • Loyihalarni boshqarishda global standartlar – IT-yechimlarni rejalashtirish, nazorat qilish va amalga oshirish xalqaro standartlarga muvofiq olib boriladi. Joriy etish va texnik qo‘llab-quvvatlash jarayonlarini samarali boshqarish biznesning strategik maqsadlariga erishish va soha talablariga javob berishni kafolatlaydi.

Bizning missiyamiz

Kompaniya xodimlari va hamkorlari uchun ekotizim samaradorligini oshirishga imkon beradigan sharoitlar yaratish,har bir ishtirokchining o‘zini namoyon qilishi va ijodiy rivojlanishi uchun imkoniyatlar taqdim etish.

Ish tajribasi

Yirik korxonalar va davlat tashkilotlari uchun kompleks loyihalarni amalga oshirish. Muhim tarmoqlardagi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilib, ilg‘or IT-yechimlarni joriy etish va texnologik infratuzilmani rivojlantirishni ta’minlash.